Moskva aeroportlarida noqulay ob-havo şaroiti tufayli 30dan ortiq reys bekor qilindi, 24ta reys esa keçiktirildi. Bu haqida TASS agentligi xabar qildi.
Şeremetevo aeroportining özidayoq 4ta reys keçiktirilgan, 19tasi esa bekor qilingan. Domodedovo aeroportida 20ta reys keçiktirilgan, 11tasi bekor qilingan. Vnukovoda birgina reys bekor qilingan.
Manbaga köra, Moskvada 30 avgust kuni ham noqulay ob-havo şaroiti tufayli bir qator reyslar keçiktirilgan. Domodedovo aeroportida 56ta reys keçiktirilgan va bir reys bekor qilingan. Vnukovoda 17ta reys uşlanib qolgan, birgina reys bekor qilingan.
Meteorologlarning xabar qilişiça, 31 avgust kuni Moskvada yana kuçli yomğir yoğadi.












