Notting-Hillda (London) bölib ötayotgan Karib karnavalidagi mislsiz darajadagi tartibsizliklar bayram şukuhiga putur yetkazdi. Bu haqida Daily Mail naşri ma'lum qildi.
Manbaga köra, Yevropadagi eng katta köça karnavalida ikki kun içida 454 nafar kişi politsiya tomonidan qölga olingan. Taxminan 169 nafar kişi giyohvand moddalarni saqlaş va tarqatişda ayblanayotgan bölsa, 90 kişi piçoq va boşqa sovuq qurollar, şu jumladan elektroşokerlarni noqonuniy olib yurganligi sababli qölga olingan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlariga 45 marta hujum uyuştirilgan. Bundan taşqari, 15 kişiga piçoq sançilgan, ulardan ikki kişiga yetkazilgan jarohat hayot uçun xavfli, deb topilgan.
Karnavaldagi tartib taxminan 7 ming politsiyaçi tomonidan nazoratga olingan bölgan.
Manbada keltirilişiça, yil sayin karnavaldagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyat yomonlaşib bormoqda. Şu munosabat bilan uni Gayd-parkka köçiriş va kirişni pulli qiliş ğoyalari paydo bölganligi aytilgan.












