Qozoğistonning Olmaota şahri jinoyat işlari böyiça ixtisoslaştirilgan tumanlararo sudi 2022 yil yanvar voqealari çoğida prezidentning Olmaota qarorgohi va şahar ma’muriyati binosiga bostirib kirganlik işi böyiça hukm çiqardi. 

11 kişi ustidan sud jarayoni 2023 yil sentabr oyida boşlangan edi. Prokuror ular uçun 10 yildan 12 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini söradi. 

Ayblanuvçilarga Qozoğiston Jinoyat Kodeksining 261-moddasi (Garovga oliş), 269-moddasi (Binolar, inşootlar va aloqa vositalariga hujum qiliş yoki ularni egallab oliş), 272-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) va 380-moddasi (Hokimiyat vakilini qörqitiş yoki zöravonlik bilan harakat qiliş) bilan ayblov qöyilgan edi. 

Sud hukmi bilan 10 nafar ayblanuvçiga amnistiyani hisobga olgan holda 1 yil 9 oy, 1 nafariga 4 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllandi. 

«Sudlanuvçilarning jinoiy harakatlari mulkni yöq qiliş bilan boğliq oğir oqibatlarga olib keldi. Uç nafar ayblanuvçi harbiy xizmatçilar va huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan zöravonlik qöllagan. Ayblanuvçilardan biri ikki harbiy kursantni garovda uşlab, ularga yengil tan jarohati yetkazgan. Ayblanuvçilar qöyilgan ayblarga qisman iqror bölişdi», deyiladi sud matbuot xizmati xabarida. 

2022 yil yanvar oyida Qozoğistonning Manğistau viloyatida suyultirilgan gaz narxi oşişiga qarşi namoyişlar tezda butun mamlakat böylab tarqalib, tartibsizliklarga aylanib ketdi. Tartibsizliklar markazi Olmaota bölib, u yerda 5 yanvar kuni olomon bostirib kirib, hokimlik binolari va prezident qarorgohiga öt qöygan edi. Boş prokuratura ma’lumotlariga köra, hujumda minggaça odam iştirok etgan.