Tunis ğarbidagi Kasserin viloyati hududida röy bergan yirik yöl transport hodisasi oqibatida qurbon bölganlar soni kamida 30 nafarni taşkil qilmoqda. Bu haqda Sputnik agentligi xabar tarqatgan.
Tunis IIV ma'lumotiga köra, Fusan okrugi hududida sement ortilgan yuk maşinasi yölovçi avtobusi bilan töqnaşgan. Şundan söng yöldagi avtomobillar bir-biriga urila boşlagan.
Rasmiy ma'lumotlarda halok bölganlar soni 14 nafarligi, 51 kişi jarohatlangani aytilgan.
Ma'lumotlarga köra, hodisaga yuk maşinasi tormozi işlamay qolgani sabab bölgan.












