BMTning tub xalqlar masalalari böyiça doimiy forumi Amerikada 3,6 milliard dollar qiymatga ega neft quvuri qurilişiga halaqit berişga urinayotgan Dakota ştatida yaşovçi siu hindularini qöllab-quvvatladi. Bu haqida mahalliy OAV ma'lum qildi.
Gap şundaki, magistral maydoni siu qabilalaridan birining yerlaridan ötadi, hukumat esa hindular roziligisiz loyihani amalga oşirişni boşlab yubordi.
BMT ştab-kvartirasida tarqatilgan ma'lumotda aytilişiça, forum raisi Alvaro Esteban Pop Ak AQŞ hukumatini tub xalq vakillari bilan hamkorlikda “uşbu jiddiy masalani hal qiliş uçun adolatli, mustaqil va oçiq jarayon”ni taşkillaştirişga çaqirdi, şuningdek “zöravonlik va inson huquqlarini buzişga yöl qöymaslik”ka çorladi.
Forum rahbariyati AQŞning harakatlari BMTning tub xalqlar huquqlariga oid Deklaratsiyasiga zid ekanligini ta'kidladi. Hujjatdagi 19-modda davlatlarni “qonuniy yoki ma'muriy çoralarni qöllaşdan avval” tub xalq vakillari bilan özaro maslahatlaşiş va hamkorlik qilişga çaqiradi.
3,6 milliard dollar sarflaş rejalaştirilgan Dakota Access Pipeline quvuri Şimoliy Dakotadan Illinoysga neft yetkazib beradi. Loyihaga köra, magistral Missuri daryosini Şimoliy va Janubiy Dakota çegarasidagi siu yerlari yonidan kesib ötişi kerak. BMT forumi vakillarining ma'lum qilişlariça, neft quvuri “siular va Missuri daryo oqimi böylab pastki hududda yaşovçi millionlab kişilarning nafaqat içimlik suvi va xavfsizligiga salbiy ta'sir körsatadi”, balki arxeologik, tarixiy va muqaddas qadamjolarning buzilişiga ham olib keladi.
Siu vakillari loyihani tasdiqlagan AQŞ armiyasining muhandislik bölimi ustidan federal sudga şikoyat qilgan. Mazkur iş yuzasidan 9 sentabr kuni qaror çiqariladi.
Neft quvurining qurilişiga hindulardan taşqari qarşilik qilayotganlar talaygina. Ayova ştatida bu loyiha qurilişiga qarşi çiqayotgan 100 kişi iştirokidagi miting bölib ötdi.












