Turkiya içki işlar vaziri Efkan Ala iste'foga ketdi. Uning örnini mehnat va ijtimoiy muhofaza vaziri Suleyman Soylu egalladi. Hukumatdagi özgartirişlar haqida Turkiya boş vaziri Binali Yildirim mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşgandan keyin ma'lum qildi.

Soyluning örniga esa Bursa viloyatidan deputat Mexmet Muyazzinöğlu tayinlangan. Özgartirişlar sababi ma'lum qilinmagan. 

Muyazzinöğlu 2013 yil yanvaridan 2016 yil mayigaça Turkiya milliy soğliqni saqlaş vazirligini boşqargan.