Xitoyning maxsus ma'muriy tumani – Gonkongda qonunçilik kengaşi deputatlari saylovlari ötmoqda. Keyingi tört yilga Gonkong parlamentining yangi tarkibiga 70 deputatni saylaş kerak böladi.
Bu Buyuk Britaniyaning sobiq hududi bölgan Gonkongning Xitoy nazorati ostiga 1997 yilda ötgandan keyingi 6-saylovlardir. Ovoz beriş mahalliy vaqt bilan soat 07:30 da boşlandi. Aholisi 7,3 mln kişi bölgan şaharda 3,78 mln saylovçi qayd qilingan. 600 ga yaqin saylov uçastkalari oçilgan.
Mahalliy saylov tizimining öziga xosligi sababli, deputatlik korpusining yarmi funksional saylov okruglarida (kasbiy alomatiga köra saylovçilar guruhi bilan çeklangan) bilvosita ovoz beriş yöli bilan aniqlanadi. Asosiy kuraş hududiy saylov okruglarining 35 joyi uçun boradi. Bu deputatlik mandatlari uçun hukumat taraf partiyalar bloki va muxolifatdan 213 nomzod oçiq kuraş olib boradi.
Pekin saylovlarda vatanparvar nomzodlar yoki oxirgi mahal Gonkongning mustaqilligi ğoyasini bildirayotgan demokratçi faollardan qaysi biriga afzallik berilişidan xavotirlanmoqda. Özining ayirmaçilik qaraşlarini yaşirmagan 6 nafar radikal siyosatçi saylovlarda iştirok etişga qöyilmagan.











