Yer sayyorasining eng keksa ayoli Fu Sutsin Xitoyning Siçuan provinsiyasidagi Çendu şahrida 119 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar tarqatgan.
Marhum öz uyida 3 sentabr kuni jon bergan.
Fu Sutsinning nabirasi aytişiça, ayolning soğligi 1 yildan buyon yomonlaşgandi.
U şanba kuni ertalab nonuşta qilişdan boş tortgan. Uning oila a'zolari uni qoldirib nonuşta qilişga ketişgan, qaytganlarida esa ayol hayotdan köz yumgandi.
U 21 avgust kuni 119 yoşini nişonlagandi. Uning deyarli 70 nafar nevara, evara va çevarasi qoldi.
Carry the Flag World Records taşkiloti 2013 yili uşbu ayolni Yer yuzining eng keksa kişisi sifatida e'tirof etgandi. Ammo boşqa birlaşmalar bu ma'lumotni tan olişmagan.
Yer yuzida eng köp umr körgan kişi 1997 yili 122 yoşida vafot etgan fransiyalik Janna Kalman deb hisoblanadi.













