Keyptaunda yaşovçi 114 yoşli Fredi Blom çekişni taşlaşini e'lon qildi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda. Dunyoning norasmiy eng keksa kişisi hisoblanuvçi qariya hayotni özgartirişga heç qaçon keç bölmasligini aytgan.
Qariya köp yillar davomida çekib kelgan. U çekişga “muhabbatini” “iblisning kirdikori” deb atagan.
Fredi zararli odatidan voz keçişga va öziga hamda atrofdagilarga hayotni istalgan yoşda özgartiriş mumkinligini isbotlaşga qaror qilgan. Qariyaning umid qilişiça, bu unga soğliğini saqlab, yana köp yil umr körişiga yordam berişi kerak.
“Men özimni soğlom, yaxşi his qilaman. Mening yuragim baquvvat, biroq oyoğim kuçdan qolmoqda – men avvalgidek köp yura olmayman”, deb aytgan qariya.
Qariya kelajakka boqişga urinmasligini va qança yaşaşi Tangrining qölida ekanligini aytadi.
“Tangri qudratli, men esa zaifman. Men istalgan vaqt hayotdan köz yumişim mumkin, biroq Tangri meni qöllab-quvvatlamoqda”, deb aytgan qariya.













