2016 yilning 5 sentabr kuni Özbekiston respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Kanada favqulodda va muxtor elçisi (qarorgohi Moskva şahrida) Jon Ronald Kyorni qabul qildi.

Kanada rahbariyati nomidan Kanada elçisi Özbekiston respublikasining birinçi prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Özbekiston hukumati va xalqiga samimiy va çuqur hamdardlik izhor etdi.

Vazir elçiga ta'ziya va Toşkent hamda Samarqand şaharlaridagi motam marosimlarida iştirok etganligi uçun minnatdorçilik bildirdi.

Uçraşuvda ikki tomon munosabatlarining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi.