Rossiya prezidenti, ayni vaqtda Xitoydagi "Katta yigirmatalik" sammitida iştirok etayotgan Vladimir Putin 6 sentabr kuni Samarqandga keladi. Bu haqda «Anhor.uz» sayti öz manbasiga asoslanib xabar tarqatgan.
«6 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoydan Moskvaga qaytişda Samarqandga kirib ötadi. Bundan maqsad — marhum prezident (Islom Karimov — «Kun.uz») qabrini ziyorat qiliş hamda mahalliy rahbarlar bilan uçraşiş», — deyilgan xabarda.
Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov 2 sentabr, juma kuni vafot etdi.
Dafn marosimi 3 sentabr kuni, Islom Karimovning öz vasiyatiga köra, Samarqand şahrida bölib ötdi.
3—5 sentabr kunlari Özbekistonda motam kunlari deb e'lon qilingan.












