Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Namangan viloyatida motam tadbirlari bölib ötmoqda. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Erta tongdan davlat idoralari, taşkilot va korxonalar, jamoat taşkilotlarining jamoalari, keksa-yu yoş qölida guldasta, qalbida çuqur iztirob, yuz-közida çeksiz qayğu bilan viloyat markazidagi Xotira xiyoboni tomon oqib kela boşladi.
Yiğilganlar Islom Karimovning davlat mustaqilligi asosçisi va rahnamosi sifatida xalq oldidagi buyuk xizmatlari haqida sözlab, uning vafoti nihoyatda oğir yöqotiş ekanini çuqur qayğu bilan izhor qildi.












