Bugun, 5 sentabr kuni tongida Samarqand şahrida Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimov xotirasiga ehson oşi berildi.
Musulmon odatlariga köra, marhum vafotidan 3 kun ötib respublikaning barça viloyatlarida xalqqa "xudoyi" oşi tarqatildi.
Xususan Samarqandda, Registon maydoni röparasidagi "Mö'jiza" restoranida dasturxon yozildi. Şu kuni soat 11:00dan soat 15:00gaça şahar aholisiga oş tarqatildi. Samarqandlik jurnalist Toşpölat Rahmatullayev voqea joyidan suratlarni taqdim etgan.


Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov 2 sentabr, juma kuni vafot etdi. Dafn marosimi 3 sentabr kuni, Islom Karimovning öz vasiyatiga köra, Samarqand şahrida bölib ötdi. 3—5 sentabr kunlari Özbekistonda motam kunlari deb e'lon qilingan.












