Har yili Berlinda bölib ötadigan IFA körgazmasining odatiy eksponatlari - bu  elektr maişiy texnikasi, uning asessuarlari va maişiy texnika. Yaponiyaning Panasonic kompaniyasi bu yil öz kölamini özgartirişga qaror qildi - u gadjyet-şouda "kelajak uy"ini namoyiş qildi. 

"Aqlli uy"

Körgazmada yaratilgan interaktiv turar joy özaro hamda bulut servislari bilan simsiz tarmoqlar yordamida "muloqot qiluvçi" öta zamonaviy maişiy texnika bilan ta'mirlangan. Kompaniya vakillarining fikriça, ba'zi mamlakatlarda bunday uylar 3-5 yildan keyin joriy qilinişi mumkin.

"Kelajak uyi"da yaşovçilar texnologiyalarni barça kerakli ma'lumotlarni aks ettiruvçi şaffof sensor ekranlar yordamida boşqarişadi. Masalan, tizimga kiritilgan mehmonxonadagi televizor. U işlayotgan paytida oddiy ekran kabi körinadi, ammo ekran öçiq paytida bu televizor ekanligi heç kimning xayoliga ham kelmaydi. 

"Kelajak oşxonasi"

"Kelajak uyi"dagi barça texnika egalarining istaklarini bajarişga möljallangan. Masalan, aqlli şkaf. Siz undan özingiz xohlagan içimligingizni olişingiz mumkin.

"Aqlli oşxona" taom tayyorlaşda sizga yordam berişi mumkin. Vino javoni tanlangan masalliqni induksion plitali "aqlli" oşxona stoli bilan "bölişadi". Masalliq parametrlariga qarab, plita vaqt va haroratni belgilaydi hamda taom tayyorlaniş jarayonini nazorat qiladi. 

Bir vaqtning özida "aqlli" muzlatgiç uyda hamma masalliqlar bor yoki yöqligini tekşiradi. 

"Aqlli oşxona" stolida ovqatning sovimasligi uçun maxsus nuqta mavjud - belgilangan nuqtaga kosa yoki likopçani qöyib, qopqoğini yopib qöyiladi. 

Bu jarayonlarning barçasini smartfonlardan boşqariş  - ular orqali texnikani öçiriş yo yoqiş mumkin. 

Uy bekalarining orzusi

IFA körgazmasida Panasonic hozirça işlab çiqariş jarayonida bölgan Laundroid loyihasini namoyiş etdi - "aqlli uy"ga biriktirilgan robot kiyimlarni ajratib, ularni taxlay oladi. U körinişidan har qanday zamonaviy intererga mos keluvçi ingiçka baland şkafdek körinadi. Uy egasi kiyimlarni kir yuviş maşinasidan olib, unga qöysa bas.