D vitamini astmaga çalingan kişilar uçun juda foydalidir - xalqaro olimlar guruhi ana şunday xulosaga kelişdi. Ular olib borgan tadqiqot Cochrane library saytida yoritildi. 

Tadqiqotda 435 nafar astma kasaliga yöliqqan bolalar va 658 nafar katta yoşli bemorlar iştirok etişgan. Barça köngillilar haftada 1-2 marta astma xurujidan azob çekişgan, qolgan kunlari esa heç qanday belgilarni sezişmagan. Ulardan bir yil davomida  astmani davolovçi dorilardan taşqari D vitaminini ham iste'mol qiliş söralgan. 

Tadqiqot natijalariga köra, D vitaminini kundalik iste'mol qiliş astma xurujlarini kamaytiradi, biroq öpka faoliyatiga heç qanday ta'sir körsatmaydi. Olimlar kelajakda yana ikkita qöşimça tadqiqot ötkazişmoqçi - bolalar bilan alohida va kattalar bilan alohida - ular şu yöl bilan D vitaminining xurujlar bilan kuraşişda aynan qanday yordam berişini kuzatişni rejalaştirişgan.