Özining qattiqqölligi bilan tanilgan Filippin prezidenti Rodrigo Duterte 16 yoşida odam öldirganini ma'lum qildi. U bu haqda Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti ötayotgan Vetnamning Danang şahrida mahalliy filippinliklar oldidagi nutqida aytib ötdi.
“Men 16 yoşimdayoq odam öldirganman”, deb aytgan Duterte.
Biroq Duterte vakilining aytişiça, prezident buni “hazillaşib” aytgan.
Avvalroq ham Duterte şunga öxşaş bayonot bergandi. U prezidentlik kampaniyasi vaqtida uni haqorat qilgan talabaga öq uzgani sababli kollejdan haydalgani haqida gapirib bergan. 2015 yilda Esquire jurnalining Filippinda çiqadigan versiyasi Dutertening 17 yoşda qotillik sodir etgani haqidagi sözlarini keltirib ötgan. Taxminlarga köra, Duterte Danangda ham şu hodisa haqida eslab ötgan bölişi mumkin.
Dutertening yordamçilari jurnalistlarga Filippin yetakçisi aytayotgan hamma sözlarga ham işonavermaslikni maslahat qilişadi, çunki u “köpinça hazillaşadi yoki juda oşirib yuboradi”.
2016 yilda sobiq yollanma qotil Edgar Matobato Dutertening qotillik sodir etgani haqida gapirib bergan. Matobato 1980- va 1990-yillarda öşa vaqtda Davao şahri meri bölgan Duterte buyruği bilan taşkil etilgan “Davao ölim eskadroni” jinoiy guruhi a'zosi bölgani haqida sözlab bergan. Matobatoning aytişiça, 20 yil davomida jinoiy töda a'zolari Dutertening buyruği bilan mingga yaqin odam öldirişgan. Uning ta'kidlaşiça, bir qotillikni Dutertening şaxsan özi, milliy tergov byurosi xodimini töpponçadan otib taşlab amalga oşirgan.
Duterte 2016 yil mayida Filippinga prezident etib saylangandan keyin giyohvandfuruşlikka qarşi katta kölamli kampaniya e'lon qilgan. Bu kampaniya sudsiz amalga oşirilgan köplab qatllarga olib kelgan.

















