Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltiriş uçun Samarqandda böldi. U taşrif davomida Özbekiston boş vaziri Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşdi.
U ma'lum qildiki, özbek xalqi va respublika rahbariyati Rossiyaning eng işonçli döst sifatida hisoblaşi mumkin.
U Rossiya «Islom Karimov tomonidan boşlangan işlar davom ettirilişi» tarafdori ekanini qayd etgan.
«Biz öz tomonimizdan uşbu hamkorlikdagi işlar rivojlaniş yöli yanada ravnaq topişi uçun qöldan kelgança harakat qilamiz. Özbek xalqini, Özbekiston rahbariyatini qöllab-quvvatlaymiz. Bu borada bizga eng işonçli döstga işongandek işonişingiz mumkin», — deya uning sözlarini keltiradi RIA «Novosti».
Rossiya rahbari qayd etib ötganki, Islom Karimov ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar mustahkamlanişi uçun zamin yaratdi.
Putin Özbekiston va Rossiya munosabatlari strategik şeriklik asosida qurilganini ta'kidlagan.
«Biz hamişa bu munosabatlarni qadrlaganmiz», degan Putin.












