Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Naif Al Saudning bayonot qilişiça, Eron hukumati haj atrofidagi vaziyatga siyosiy tus bermoqda va Islom Respublikasi fuqarolari haj ziyoratiga borişini istamayapti. Bu haqda «TASS» agentligi xabar bergan.
«Eron hukumati - ziyoratçilar hajga borişini istamayotgan tomon», — degan u.
Valiahd rasmiy Tehron Makka va Madina şaharlaridagi muqaddas joylarga ziyorat qilişni siyosiylaştirişga urinayotganini ta'kidladi.
«Qirollik boşqa ziyoratçilarga yaratilayotgan şaroitlar eronliklarga ham taqdim etilmoqda. Haj mavsumi arafasida Eron haj missiyasi öz fuqarolari uçun boşqa mamlakatlar rioya qiladigan standartlardan farq qiluvçi alohida şaroitlarni talab qildi», — deya izoh bergan Muhammad bin Naif.
Mamlakat IIV rahbari hisoblanadigan bu şahzoda «qirollikda ziyoratçilarga yaratilgan şaroitlar haqida gapirib, har bir musulmon hajni xavfsiz şaroitlarda amalga oşirib, soğ-omon holda öz yurtiga qaytişi imkoniyatlari muhayyo qilingani»ni ta'kidlagan.
Bundan avvalroq Eron yetakçisi Oyatulloh Ali Xomaneiy muqaddas ziyoratgohlarni boşqariş tizimini qayta körib çiqişga çaqirgan va qirollikni haj ziyoratini taşkillaştiriş borasida keskin tanqid qilgan edi. U «haj davomida heç kim xavfsiz emasligi»ga e'tibor qaratgan.
Xomaneiy ötgan yili Mina vodiysida 800 kişining ölimiga sabab bölgan fojiani eslatib ötdi. Öşanda qurbon bölganlarning 464 nafari eronlik edi. Norasmiy ma'lumotlarga köra, tiqilinç tufayli röy bergan fojia oqibatida qurbon bölganlar soni 1000 nafardan ortiq bölgandi.
«Bu Saudiya Arabistoni hukumati aybi bilan yuz bergandi. Köpçilik kuzatuvçilar va tahlilçilar şunday fikr bildirişdi. Ulardan ba'zilari bu iş rejalaştirilganini aytişgan», deya qöşimça qilgan Eron diniy rahnamosi.












