Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 yil ichida ilk marta FIFA simulyatori Messini eng yaxshi futbolchi deb topmadi
Keyingi 7 yil ichida ilk marta FIFA futbol simulyatori «Barselona» hujumchisi Lionel Messini emas, «Real» futbolchisi Krishtianu Ronalduni eng yaxshi futbolchi sifatida qayd etdi.
EA Sports saytida FIFA 17 o‘yinidagi eng yaxshi 50 futbolchi ro‘yxati e'lon qi qilindi, unda Yevro-2016 chempionatida g‘alaba qozongan portugaliyalik Ronaldu birinchi o‘rinda, undan keyin esa Messi joylashgan.
Messining reytingi - 93, Ronalduniki - 94. Shu bilan qayd etish kerakki, Messining driblingi juda yaxshi baholangan - 96.
Ro‘yxatdagi kuchli beshlikka Messining jamoadoshlari Neymar va Luis Suares, shuningdek Myunxenning «Bavariya» jamoasi darvozaboni Manuel Noyyer kirgan.
O‘nlikda Ronalduning jamoadoshi Garet Beyl, «Manchester Yunayted» a'zosi Zlatan Ibrahimovich, shuningdek Jyerom Boateng, Robert Levandovski va darvozabon David de Xea ham bor.
Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi Marko Roys FIFA 17 yuzi bo‘lgan. U Messining o‘rnini egallagan.
FIFA 17 futbol simulyatori 27 sentabr kuni PlayStation 4, Xbox One, PlayStation 3 va Xbox 360 uchun chiqariladi.
Mavzuga oid
21:24 / 10.04.2026
AQSh elchixonasi JCh-2026 chiptasi egalari uchun viza suhbatiga yozilish tartibini e’lon qildi
10:15 / 01.04.2026
Iroq JChning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
16:55 / 21.03.2026
FIFA kunlari uchun O‘zbekiston milliy jamoasining tarkibi e’lon qilindi
21:14 / 21.11.2025