Qrimning Yalta şahrida faoliyat yuritadigan Mriya Resort & Spa majmuasi turizm sohasida ikkita obröli mukofot — World Travel Awards 2016 va World Spa Awards 2016 sovrinini qölga kiritdi, deb xabar qilingan mehmonxonaning Facebook sahifasida. 

Ekspertlar Mriya Resort & Spa majmuasini Yevropaning eng yaxşi dam oliş majmuasi va Rossiyaning eng yaxşi Spa-kurorti deb topişdi. Ta'kidlaş joizki, mehmonxona World Travel Awards 2016ning 5ta yönalişi böyiça kuraş olib borgan.

Taqdirlaş marosimi 5 sentabr kuni Italiyaning Sardiniya orolida bölib ötgan. 

Beş yulduzli sanatoriya-kurort majmuasi Mriya Resort & Spa 2014 yil 14 avgustida oçilgan edi. Uning arxitektura loyihasini britaniyalik arxitektor va Rossiya Badiiy akademiyasining faxrli a'zosi ser Norman Foster çizgan.