Misrdagi yirik YTH qurbonlari soni 22 kişiga köpaydi. Bu haqida "Al-Balad" portali xabar berdi. 

Ma'lum bölişiça, Qohiraning janubi-ğarbidagi Al-Farafra va Bahariya vohalari örtasidagi trassada mikroavobus qarama-qarşi tomondan kelayotgan pikap bilan töqnaşib ketgan. Halok bölganlarning aksariyati - qişloq xöjaligi işçilari. 

Dastlabki ma'lumotlarga köra, fojiaga maşinalardan biridagi haydovçi tomonidan tezlikning oşirilişi sabab bölgan. 

Misr yöllardagi avtohalokatlar böyiça arab mamlakatlari orasida 16-örin va dunyoda 109-örinni egallagan. Ötgan yili yöl-transport hodisalari 6,2 mingdan ortiq kişining hayotiga zomin böldi va 19,3 ming kişining turli jarohat olişiga olib keldi.