Demontaj ishlari avgust oyi oxirida amalga oshirilgan. Tsyansi viloyati hokimiyati 24 yil oldin qurilgan estakadani metro tufayli demontaj qilish qaroriga kelgan.
Demontaj ishlari 26 avgust oqshomida, soat 22:30da boshlangan, estakadaning katta qismi birinchi kechadayoq bo‘laklarga ajratilgan. Ish 28 avgust oqshomida yakunlangan.
Sploid ma'lumotiga ko‘ra, ish 56 soat davom etgan, bu vaqtda hududda harakatlanish cheklangan. Nashrning bildirishicha, optimal reja evaziga ish davomida qoida buzilishlari kuzatilmagan.











