Statistik ma'lumotlarga köra, jahonda foydalanilayotgan smartfonlar soni bugungi kunda 2 mlrd donadan ortiqdir. U hayotimizga şunçalik kirib kelmoqdaki, usiz yaşaşni tasavur qiliş muşkul bölib borayapti. Biroq, köpçilik bu texnika mö'jizasi qay ahvolda, nimalarning evaziga işlab çiqarişini öylab ham körmaydi, hatto xayoliga ham keltirmaydi.

Qaşşoqlik, noumidlik, sanitariya talablariga javob bermaslik, har kungi qullardek işlaş va davomli tarzda yuz berib turadigan öz joniga qasd qilişlarning barçasi elektronika mahsulotini işlab çiqaruvçi oddiy işçilar hayotida juda köp uçrab turadigan holatlarning ayrimlaridir xolos.
7 sentabr kuni Tim Kuk Civic Auditorium sahnasida paydo böldi. Apple boş direktori mehmonlarga jilmayib, yangi smartfoni va boşqa jihozlarini namoyiş etdi. Şu bilan birga, u özini dunyoni özgartirayotgan va insonlarga baxt ulaşayotgandek tutdi. Bir jihatdan bu fikrlarga qöşilmaslikning iloji yöq. Bir jihatdan, yangi iPhone taqdimoti yorqin hodisadir. Ammo, uning orqa tomoni ham bor. Aytiş mumkinki, iPhone 7 işlab çiqariş jarayonida bir neça kişi öz joniga qasd qilişi oqibatida hayotdan köz yumgan bölişi ehtimoli katta.
Korporatsiyaning barça boş menejyerlari, dasturçilar va marketologlari Şimoliy Amerika yoki Yevropada joylaşgan. Ular, asosiy qarorlarni qabul qiladi, dasturlarni işlab çiqaradi va bozor strategiyasini işlab çiqadi. Öz navbatida, oğir jismoniy mehnat boşqa kompaniyalarga beriladi, natijada Apple buyurtmaçi sifatida suvdan quruq çiqadi.
Birinçidan, şunday qilgan yaxşiroq. Ikkinçidan, iPhone butlovçi qismlari va smartfonlarni yiğişdagi dahşatli şart-şaroitlar uçun korporatsiya mas'uliyatni zimmasidan soqit qiladi.

Bir neça yillar muqaddam, Samsung kompaniyasining Xitoydagi Apple uçun xotira çiplari va protsessorlarini işlab çiqaruvçi zavodlari sanitariya talablarini eng köp buzadigan korxonalar hisoblanardi. Xususan, insonlarga göyoki zaxiradek munosabatda bölişgan: 2012 yildagi hisobotga köra, mazkur fabrikalardagi işçilar kuniga 10-12 soat işlagan, turli xil tahqirlaş va haqoratlarga bardoş qilişgan. Fair Labour Association kabi xalqaro nazorat taşkilotlariga esa, kelmaslaridanoq, eşikni körsatib qöyişgan.
Zavoddagi maoş ham eng kam iş haqi me'yorida belgilangan bölib, Samsung buning uçun har bir işçiga oyiga 250 dollar ajratgan.















