Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Milliy banki xorijiy valyutani tejash yo‘lini topdi
Qozog‘iston Respublikasi Milliy banki (Markaziy banki) qozog‘istonliklarga jamg‘armalarini tozalangan oltin quyma ko‘rinishida saqlashni taklif etmoqda. Milliy bank raisi Daniyor Akishev, hukumatning davlat rahbari Nazarboyev ishtirokida Oq o‘rdada bo‘lib o‘tayotgan kengaytirilgan majlisida shunday fikrni ilgari surdi, deb xabar qilmoqda "Kazinform".
«Biz aholiga xorijiy valyuta o‘rniga jamg‘armaning oddiy va qulay turini, ya'ni oltinni taklif etmoqchimiz. Milliy bank boshqa moliyaviy muassasalar bilan birga aholining istagan vaqtda oltinni sotib olishi va sota olishi uchun mazkur bozor likvidligini ta'minlaydi», - degan Akishev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Milliy bank qozog‘istonliklarning jamg‘armalarini saqlash uchun oltin va kumush tangalar singari tozalangan oltin quymalarining ommalashuvi borasida choralar ko‘radi.
Mavzuga oid
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
18:43 / 26.05.2026
Yarim yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston oltin eksportini qayta tikladi
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
23:50 / 19.05.2026