Şimoliy Atlantika alyansi Turkiyadagi kuçlari safini kengaytiradi, deya bayonot bergan NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg. U NTV telekanaliga bergan intervyusida şunday fikrni bildirgan.
Uning aytişiça, Turkiyadagi davlat töntarişiga uriniş, Anqaraning NATOga a'zoligiga salbiy ta'sir körsatmaydi.
"Turkiyada davlat töntarişiga uriniş, uning NATOdagi a'zoligiga rahna soladi, degan fikrlar bildirildi. Ammo, men bunday deb öylamayman. Turkiya NATO uçun juda muhim ittifoqçi, ayniqsa Yaqin Şarq mintaqasida uning örni ahamiyatlidir. Turkiya NATOning turli amaliyotlarida iştirok etadi. Uning armiyasi davlat töntarişiga urinişdan söng, qiyinçiliklarga duç kelayotgan bölişi mumkin, biroq davlat ölaroq, Turkiya NATO doirasidagi öz majburiyatlarini bajarişda davom etmoqda", — degan Stoltenberg.
Uning qayd etişiça, Alyans HHK va RQM borasida Turkiyadagi bölinmalarini kuçaytirgan.












