8 sentabr kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida boşlangan Paralimpiya öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi a'zolari birinçi kunni öta muvaffaqiyatli ötkazişdi. 

Dzyudo böyiça erkaklar örtasida 60 kg. vaznda iştirok etgan Özbekiston vakili Şerzod Namozov oltin medalni qölga kiritdi. U çorak finalda urugvaylik dyuzodoçini 3:04 daqiqada, yarim finalda ozarboyjonlik raqibini esa 56 soniyada mağlub etdi. Finalda yaponiyalik Makoto Xirosega qarşi çiqqan Namozov 1:23 daqiqada ippon bahosi bilan ğalaba qozondi. 

Şu tariqa, Şerzod Namozov Özbekistonga ilk oltin medal olib keldi.