00:13 / 09.09.2016
13773

Savat ko‘rinishida qurilgan bino 83 foizlik chegirma bilan ham sotila olinmayapti

AQShning Ogayo shtatida savat ko‘rinishida qurilgan 7 qavatli binoning narxi 1,5 yil ichida 7,5 mln dollardan 5 mln dollargacha tushib ketdi, biroq bino uchun xaridor hali ham topilmagan. 

Bino shakli uning ichida bosh qarorgohi joylashgan Longaberger kompaniyasi savatchalaridan biriga o‘xshash qurilgan. Bino qurilishi 1997 yilda bitkazilgan va kompaniyaga taxminan 32 mln dollarga aylangan.

Binoni sotish bilan shug‘ullayotgan rieltorning aytishicha uni sotish "qiyin kechmoqda". Biroq shunga qaramay uni sotib olish bo‘yicha bir necha takliflar tushgan, ammo ulardan birortasi amalga oshmagan. 

Binoni sotishdagi muammolardan biri uning katta o‘lchamlari bo‘lmoqda, chunki uni sotib olishga qiziqish bildirgan kompaniyalardan birortasi bu ulkan savatni to‘ldirish uchun yetarlicha xodimlarga ega emas. Bundan tashqari, bino shahar tashqarisida joylashgani noqulaylik tug‘dirmoqda.

Ehtimol, kelajakda bino qariyalar uyi yoki koll-markazga aylantirilishi mumkin. Shuningdek u o‘ziga xos jihatlaridan ayrilishi ham mumkin: "savatchaning ushlagichlari" olib tashlanishi, binoning o‘zi esa piknik savatchasini boshqa eslatmaslik uchun boshqacha tarzda bo‘yalishi mumkin. 

Hozircha esa bino odamlar suratga tushishni yoqtiradigan diqqatga sazovor joy bo‘lib qolmoqda.

.

 

Mavzuga oid
Top