Fox News telekanaliga bergan telefon intervyusida Trampdan Eron va Ömonning Vaşington iştirokisiz Hörmuz böğozi ustidan nazorat örnatiş böyiça olib borayotgan muzokaralari haqida söraldi.
Prezident şunday javob berdi: «Agar Ömon xalaqit bersa, biz ularni yer tişlatib bombardimon qilamiz».
Prezident sözlariga köra, qamal Tehronga bosim ötkazmoqda. U mojaroni hal qilişning biror muddatini aytmadi va şoşilmayotganini ta’kidladi.
Eron bilan uruş qariyb yarim yildan beri davom etmoqda va uning yakunlaniş alomatlari körinmayapti. Vaşington va Tehron örtasidagi mustahkam tinçlik böyiça muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolgan, vaqti-vaqti bilan avj olayotgan töqnaşuvlar esa Hörmuz böğozi orqali neft va boşqa muhim tovarlar yetkazib berilişini izdan çiqarmoqda.
Mojaro neft va gaz narxining keskin oşişiga olib keldi. Bloomberg naşrining ta’kidlaşiça, bu noyabr oyidagi oraliq saylov oldidan Trampning Respublikaçilar partiyasi mavqeiga zarba bermoqda.
Avvalroq Tramp yaqin orada Hörmuz böğozini AQŞ hududi deb e’lon qilişga va’da bergan edi. Odatda jahon neft va suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib beriş hajmining taxminan 20 foizi şu böğoz orqali ötgan. Harbiy harakatlarning çözilişi istiqboli tufayli Brent markali neft narxi bir barrel uçun 90 dollarga yaqinlaşdi, AQŞda esa benzin narxi bir gallon uçun taxminan 4 dollargaça qimmatladi. Reuters/Ipsos tomonidan 2026-yil aprel oyida ötkazilgan sörovnomaga köra, amerikaliklarning 77 foizi, jumladan, Respublikaçilar partiyasi tarafdorlarining 55 foizi benzin narxining yuqoriligida aynan Trampni ayblamoqda.












