Şimoliy Koreya markaziy televideniyesi muvaffaqiyatli yadroviy sinov ötkazilganini ma'lum qildi. Televideniyening maxsus sonida Şimoliy Koreyaning yadroviy dasturni yanada rivojlantiriş yölidan borişi yana bir marotaba ta'kidlab ötildi.
9 sentabrda mahalliy vaqt bilan soat 09.30da Şimoliy Koreyada 5,0 magnitudali zilzila qayd etilgan. Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe va Yaponiya hukumati boş kotibi Yosixide Suga seysmik voqea yuz bergani haqidagi ma'lumot paydo bölgandan keyin Şimoliy Koreya navbatdagi yadroviy sinovni ötkazganini ma'lum qilişgan.
Janubiy koreyalik harbiylarning ma'lumotlariga köra, portlovçi qurilmaning quvvati 10 kilotonnani, ya'ni yanvardagi portlaşdan (6 kilotonna) deyarli ikki barobar köproqni taşkil qilgan. Janubiy koreyalik mutaxassislar yadroviy sinov haqidagi ma'lumotlar tasdiqlansa, u Şimoliy Koreya tarixidagi eng yirigi bölişi mumkinligini aytişgandi.
9 sentabrda Janubiy Koreya, Yaponiya va AQŞ Şimoliy Koreya navbatdagi yadroviy sinovni ötkazgandan keyin BMTga Xavfsizlik kengaşining yiğilişini taşkillaştiriş iltimosi bilan murojaat qildilar. BMT Xavfsizlik kengaşi 9 sentabrdayoq bölib ötişi mumkin.












