Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe Şimoliy Koreya yadroviy qurolni sinovdan ötkazganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

"Şimoliy Koreya 9 sentabrda yadroviy sinov ötkazdi", deb aytdi Pak Kin Xe.

Pak Kin Xening aytişiça, Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bunday harakatlari bilan "maniakal telbaligini" namoyiş qilmoqda.

Kyodo axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Yaponiya hukumati boş kotibi Yosixide Suga ham matbuot-anjumanda Şimoliy Koreya 5-yadroviy sinovni ötkazganini ma'lum qildi.

Şimoliy Koreya OAVda bu haqda hozirça ma'lumot berilmadi.

Avvalroq AQŞ geologik xizmati Şimoliy Koreyada Pangiri yadroviy poligonida zilzila emas, balki portlaş sodir etilgan bölişi mumkinligini aytgandi.