Sport | 00:00 / 10.09.2016
5454
2 daqiqa o‘qiladi

Futbolchi ijtimoiy tengsizlikka qarshi norozilik sifatida AQSh madhiyasini tinglashdan bosh tortdi

AQShning "Denver Bronkos" amerikancha futbol klubi o‘yinchisi Brendon Marshall amerikancha futbol bo‘yicha AQSh chempionati ochilish uchrashuvi oldidan ijro etilgan AQSh madhiyasini bir tizzasida cho‘kkalagan holda qarshiladi. O‘yinchi shu tariqa AQShdagi ijtimoiy adolatsizlikka qarshi noroziligini bildirdi.

"Men armiya, politsiya yoki umuman Amerikaga qarshi emasman. Men ijtimoiy adolatsizlikka qarshiman. Menga shunday qilish zarurdek tuyuldi", deb aytdi Marshall. 

Uning ta'kidlashicha, uning noroziligining asosiy sababi politsiyachilarning joriy yozda fuqarolarga qarshi sodir etgan qattiqqo‘lligi bo‘ldi.

Marshall shu tariqa "San-Frantsisko" klubi kvoterbegi Kolin Kapernik boshlab bergan aksiyani davom ettirdi. Futbolchi mavsumoldi o‘yinlari vaqtida AQSh madhiyasi yangrayotganda o‘rnidan turmagan. Kopernik bu qilmishini u "qora va o‘zgacha rangdagi odamlarni tahqirlovchi davlat bayrog‘iga" hurmat bildirishni istamayotgani bilan tushuntirgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid