Amerikalik o‘n olti yashar qo‘shiqchi Jyeki Ivanko mamlakatning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi marosimida AQSh madhiyasini kuylaydigan bo‘ldi. Bu haqda TMZ axborot portlai xabar bermoqda.
Yosh yulduzning onasi Liza Ivankoning TMZ portaliga bergan ma'lumotga ko‘ra, Donald Trampning shaxsan o‘zi Jyekining menejyeriga qo‘ng‘iroq qilgan.
Jyeki Ivanko (haqiqiy ismi Jaklin Mari Ivanko) America's Got Talent teleshousidan so‘ng mashhurlashib ketdi. U Barak Obama ishtirok etgan ikkita tadbirda ham kuylagan.












