Ispaniya poytaxti – Madrid köçalariga minglab odamlar an'anaviy buqa janglari, jumladan korridani taqiqlaş talabi bilan çiqdilar.

Namoyiş iştirokçilari qöllarida "Korrida – şafqatsizlik maktabi", "Korrida – milliy isnod" degan yozuvli plakatlar bölgan.

Iyunda Kastiliya va Leon hukumatlari buqalarni festivallarda öldirişni taqiqlab qöygandi. Biroq şunga qaramay Ispaniyada har yili 2 mingga yaqin şunday janglar uyuştiriladi.
 
Jamoatçilik fikrini biliş şuni körsatmoqdaki, korridaning jamiyat tomonidan qöllab-quvvatlanişi avvalgidan kamaygan, biroq Pamplona San-Fermindagi tadbirlar avvalgidek köplab tomoşabinlarni yiğmoqda.