Toşkentning köhna eski şahar qismida joylaşgan «Hazrati imom» (Hastimom) masjidida Qurbon hayiti namozi Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boşçiligida ado etildi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Bu muborak kunlarda mehr-muruvvat, özaro yordam, saxovat kabi ezgu amallarni köproq amalga oşiriş hamda qurbonlik qiliş, uning tartib va odoblari haqida muftiy hazratlari sözlab berdilar.
Hayit namozi ado etilgaç, muftiy hazratlari: “Alloh Qurbon hayiti namozining savobidan hammamizni bahramand aylab, bu uluğ bayram barakotidan barça mömin-musulmonlarning gunohlarini mağfirat etib, hidoyatga boşlasin, darajalarini yuqoriga kötarib, ikki dunyo saodatiga muşarraf aylasin. Yurtimiz tinçligi va osoyiştaligini bardavom qilsin”, deb duo qildilar.
Nuroniy otaxonlar ham bir-birlarini bayram bilan qutlar ekanlar, bu dorulomon kunlarga yetkazganiga şukr qilişdi, yurtimiz tinç va bundan-da farovon bölişini tilaşdi. Ozod va obod Vatanimiz ravnaqini, farzandlar kamolini Yaratgandan sörab duolar qildilar", deyilgan xabarda.

Şuningdek, Qurbon hayiti namozi Özbekistonning barça masjidlarida ado etilgan.
Toşkent şahridagi barça masjidlarda Hayit namozi 12 sentabr kuni tonggi soat 06:15 da öqildi.





Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda esa Hayit namozi taqvimdagi vaqt tafovutlari asosida öqildi.












