Köpçilikka yaxşi ma'lumki, «Matiz» va «Neksiya»larning kuzovi zanglaşga çidamlilik darajasi unçalik ham havas qiladigan holatda emas edi. Biroq, GM-Özbekiston zavodidagi texnologik uskunalar töliq almaştirilgan yoki yangilangani tufayli, avtomobilsevarlar bu muammoni tez orada unutsalar ajab emas. Endilikda, kuzovlarni böyaş jarayonida «zamonaviy texnik yeçimlar va komponentlardan foydalanilmoqda», - deya xabar qilmoqda Ravon matbuot xizmatiga tayangan holda Nuz.uz.

Jumladan, böyaş jarayonini yaxşilaş imkonini beruvçi yangi amaliyotlar joriy qilingan: çangdan asraş uçun maxsus tonnellar barpo etilgan, kuzov böyoq sepilişidan avval tozalanadi, asosiy böyaş jarayoni «yuqori darajadagi avtomatlaştirilgan» holda amalga oşiriladi. Bundan taşqari, korxona matbuot xizmati kuzovga işlov berişga oid grafikani ham taqdim etgan.
Eslatib ötamiz, bugungi kunda Ravon brendi ostida R2, Nexia R3, R4 va Gentra modellari işlab çiqarilmoqda. Tez orada, mazkur modellar safi kengaytirilişi kutilayapti.












