"VKontakte" foydalanuvçilari qanday qilib oddiy quloqçinlarni iPhone 7 qurilmasiga ulaş mumkinligi töğrisida sözlab berişdi. Şu mavzudagi post "Betonomeşaloçka" jamoasida çop etildi.
Postga biriktirilgan suratga köra, "olma" texnikasi işqibozlari iPhone 7'ning pastki çap qismida 14 millimetrli tuynuk oçişlari kerak böladi. Gadjyetning korpusi ostida oddiy quloqçinlarni ulaş uçun yaşirin joyi mavjud ekanligi haqida yozilgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari hazilni baholab, biror bir Apple işqibozi berilgan maslahatga rioya qilib körişiga umid bildirişdi. Uşbu maqolaga yozilgan izohlarda foydalanuvçilar iPhone'ning avvalgi versiyalari bilan boğliq boşqa "miş-mişlar"ni yodga olişdi. "Esimda, 5-olmani mikrotölqinli peçda zaryadlaş mumkinligi haqidagi miş-mişlar paydo bölganida köpçilik laqqa tuşgandi", - deydi foydalanuvçilardan biri.
Apple korporatsiyasi sentabrda Kaliforniyadagi ştab-kvartirasida yangi iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonlarini taqdim qildi. Gap şundaki, gadjyetlar quloqçinlarni ulovçi 3,5 millimetrli tuynukdan mahrum qilingan, yangi qurilmalarda Lightning porti orqali musiqa tinglaş mumkin böladi.













