Vaşington universiteti dasturçilari sun’iy intellekt örnatilgan Sound bubble («tovuş pufagi») maxsus quloqçinlarni yaratdi. Mazkur ixtiro tafsilotlari universitetning rasmiy sayti va Nature Electronics jurnalida e’lon qilingan.

Bu kabi körinmas pufakning radiusi 1,8 metrga yetadi — sun’iy intellekt undan taşqaridagi tovuşlarni söndiradi. Qurilma atrofdagi ovoz va şovqinlarni söndirgan holda suhbatdoşlar muloqoti uçun şaroit yaratib beradi.

«Tasavvur qiling: ofisda işlaysiz, siz atrofdagi ovozlar xalaqit bermasligi uçun şovqin söndiruvçi quloqçinlarni taqib olgansiz. Hamkasblaringiz stolingizga kelib savol beradi, siz bölsa, quloqçinlarni yeçiş örniga, ular nima deyayotganini aniq eşitasiz. Xonadagi boşqa şovqinli suhbatlar esa söndirilgan holatda böladi», — deydi qurilma ixtiroçilari.

Şovqin söndiruvçi quloqçilar oltita qöşimça mikrofon bilan jihozlangan. Kiçik bort kompyuteri turli tovuş manbalarigaça bölgan masofani tahlil qilişga örgatilgan neyrotarmoqni boşqaradi. Sun’iy intellekt uzoq joydan tarqalayotgan şovqinni filtrlaydi, yaqin atrofdagi odamlar ovozini esa kuçaytiradi. «Pufak»dan taşqaridagi ovoz va şovqin örtaça 49 detsibelga söndiriladi.

Sun’iy intellekt tizimi barça ovozlarni real vaqt rejimida 8 millisoniya içida qayta işlaydi. Quloqçilardan hozirça faqat bino içida foydalaniş mumkin, oçiq havoda esa «tovuş pufagi»ni ta’minlaşning imkoni bölmagan.