Telegram asosçisi Pavel Durov 40 yoşga tölişi munosabati bilan ilk bor Rossiyadan ketgunga qadar «VKontakte» ijtimoiy tarmoğini qanday yaratgani va akasi Nikolayning undagi roli haqida gapirdi.
Uning sözlariga köra, ijtimoiy tarmoq yaratiş ğoyasi universiteti bitirgan zahoti kelgan. «Sobiq kursdoşlarim bilan aloqani saqlab qolişni istardim, ammo bir-birimizni topişimiz mumkin bölgan veb-saytsiz buni amalga oşiriş qiyinligini bilardim. Şu bois 2006 yilning avgust oxirlarida özimga maqsad qöydim — tört hafta içida universitet talabalari va bitiruvçilari uçun ijtimoiy tarmoq yaratiş», — deb yozadi Durov özining Telegram kanaliga.
Ta’kidlanişiça, bu vaqtga kelib u dasturlardan yaxşigina xabardor bo‘lcada, ammo baribir Germaniyada yaşagan akasi Nikolayning yordami kerak bölgan: «Nikolay — ajoyib matematik va algoritm dasturçisi, biroq u doim veb-dasturlaş bilan şuğullanişni öziga ep körmasdi. Nikolay Bonndagi Maks Plank universitetida matematika dissertatsiyasiga bor e’tiborini qaratgan edi. U kod borasida yordam berişdan boş tortdi, ammo maslahat berdi: «Avvaliga foydalanuvçilarni röyxatga oliş kodini yoz. Sen buni uddalaysan», dedi».
Durovning aytişiça, akasining maslahati foyda bergan. U tizimdagi kiriş sahifasi orqali saytni yaratişni boşlagan: dastlabki foydalanuvçilarning ma’lumotlari ma’lumotlar bazasiga qölda kiritilgan. Durovning sözlariga köra, 2006 yil sentabrda u «VKontakte» uçun 20 soatdan vaqt sarflab kod yozgan, keyin esa ovqatlangan va 10 soat uxlagan.
«Iş kunidan keyin özimga bir qozon makaron pişirardim va unga köp pişloq qöşib yerdim. Menga boşqa ovqat kerak emasdi. Taşqarida tunmi yoki kun — farqi yöq edi. Ijtimoiy munosabatlar yöqolib ketdi. Faqat kod muhim edi. Men loyihaning har bir qismini benuqson yaratişga harakat qilardim», — deydi tadbirkor.
Şunday qilib, loyiha tört emas, balki olti haftadan keyin işga tuşirilgan — unga 2003 yildan beri talabalar uçun yaratib kelingan boşqa bir loyihadan minglab foydalanuvçilar taklif etilgan. Durov «VKontakte»ning birinçi versiyasi yaratilişini karerasining keyingi yöllarini belgilab bergan qimmatli mustaqil tajriba deb hisoblaydi.












