Isroil aviatsiyasi Suriyada harbiy yo‘qotishga uchragani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Bu haqda Reuters agentligi ma'lum qilgan.
Manbaning Isroil armiyasi matbuot xizmati vakili mayor Are Shalikarga asoslanib xabar berishicha, Isroil harbiy samolyoti va uchuvchisiz uchar qurilmasi Suriyada urib tushirilmagan. Suriya armiyasi aviazarba chog‘ida Isroil aviatsiyasi tomonga ikki raketa uchirgan, biroq nishonga tekkiza olmagan.
Bundan avvalroq Suriya armiyasi Isroil harbiy samolyoti va uchuvchisiz uchish qurilmasini urib tushirgani haqida bayonot bergandi.











