Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 foydalanuvçilaridan öz smartfonlarini öçiriş va qisqa vaqt içida uni almaştirişni söradi. Bunga kompaniyaning mamlakat birja bozoridagi aksiyalari keskin tuşib ketgani sabab bölgan, deb yozmoqda Reuters.
Samsung 2 sentabr kuni Galaxy Note 7 smartfonini quvvatlaş vaqtida yonib ketişi sababli qaytarib olişni boşlagan edi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga, şuningdek, smartfonni samolyotlarga olib çiqiş rasman taqiqlanişiga sabab böldi.
Mutaxassislar uşbu voqea uzoq muddat kompaniya obrösiga ta'sir körsatişini aytişmoqda. Samsung öz obrösini tiklab olişi uçun 211 mlrd dollar atrofida pul sarflaşi kerak, deb taxmin qilinmoqda.
Samsung smartfonlarni öçirib qöyişni söraganidan keyin kompaniya aksiyalari birdan 6,98 foizga tuşib ketgan. Kompaniyaning bozor narxi 22 mlrd dollarga baholanmoqda – bu sönggi 8 yil içida eng past körsatkiç hisoblanadi.












