AQŞning HP korporatsiyasi 1,05 mlrd dollar evaziga Samsung kompaniyasining printerlar işlab çiqaruvçi şö'ba korxonasini xarid qilmoqçi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.
Amerika kompaniyasi uşbu bitim vositasida lazerli printerlar uçun asosiy butlovçi qismlar işlab çiqariş quvvatlariga ega böladi. HP şu paytgaça ularni boşqa firmalardan xarid qilib kelayotgan edi.
Şu bilan birga, kelişuv şartiga köra, Samsung Janubiy Koreyada printerlarni öz nomi bilan sotişda davom etadi. Biroq, ularni işlab çiqariş bilan HP şuğullanadi.
Xabarlarda ta'kidlanişiça, oldi-sotdi bitimi şu yil oxiriga qadar yakuniga yetkaziladi. Uning nihoyasida Janubiy Koreya kompaniyasi HP korporatsiyasining 100 mlndan 300 mln dollargaça bölgan aksiyasiga ega böladi.
Eslatib ötamiz, HP asosan kompyuterlar işlab çiqariş bilan şuğullanadi. Biroq, uning asosiy daromadi printerlar uçun böyoq kartridjlarni yetkazib berişdan tuşadi.

















