XXRning qişloq xöjaligini qöllab-quvvatlaş siyosati JST qoidalariga zid kelmaydi. Xitoy tomoni mazkur masalada AQŞning JSTga arz topşirganidan afsus bildirib, özaro kelişmovçiliklarni hal etiş qoidalariga mos ravişda harakat qilişini bildirgan. Bu haqda, XXR tijorat vazirligi xabarida söz yuritilgan.
13 sentabr kuni AQŞ prezidenti Barak Obama ma'lum qilganidek, uning ma'muriyati Jahon savdo taşkilotiga Xitoy ustidan ariza topşirgan. Vaşington fikriça, XXR buğdoy, makkajöxori va şoli narxlariga subsidiya ajratmoqda.
"Xitoy tomoni AQŞning JSTga murojaatidan afsusini bildirib, tortişuvlarni hal etiş qoidalariga muvofiq holda zaruriy çoralarni köradi va Xitoyning savdo hamda qişloq xöjaligi manfaatlarini faol himoya qiladi", — deyiladi ma'muriyat bayonotida.
Xitoy savdo ma'muriyatlari JST qoidalariga zid faoliyat yuritmaydi.
Tijorat vazirligida ta'kidlaşlariça, Xitoy tomoni JST qoidalarini hurmat qilgan va bundan keyin ham şunday bölib qoladi. Ayni qoidalar asosida mamlakat qişloq xöjaligini qöllab-quvvatlaydi va rivojlantiradi.
AQŞga köra, Xitoy buğdoy, makkajöxori va şoli narxini bozordagidan birmunça yuqoriroq belgilagan. Bu esa, JST talabiga mos kelmaydi. Şunga köra, "adolatsiz örnatilgan narxlar Xitoyda bu mahsulotlarni köp işlab çiqarişga olib keladi. Bu esa, mazkur mahsulotlarni eksport qiluvçi amerikalik fermerlarning manfaatlariga ziddir".












