Fransiyaning «Milliy front» partiyasi yetakçisi Marin Le Pen, mamlakat prezidentligi uçun saylovlarda ğalaba qozongudek bölsa, Fransiyaning YeI tarkibidan çiqişi böyiça referendumni taşkil etişi mumkinligini bildirdi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.

Le Pen Yevroparlament sessiyasida berilgan savolga javob berar ekan, «demokratiya me'yorlariga köra, referendum - bu eng yaxşi quroldir», - degan. U, bu haqda sönggi yillarda bir neça marotaba söz yuritganini eslab ötgan. 

Le Penning aytişiça, har bir millat öz taqdirini özi belgilaş imkoniga ega bölişi kerak. Şu boisdan, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker ham «demokratga aylanişi» va ularga şaroit yaratib berişi lozim.