Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 30 avgustidagi qaroriga muvofiq, paxta tolasini eksport qiliş va respublikadagi korxonalarga yetkazib berişni «Özpaxtaeksport» AJ erkin almaştiriladigan valyutada bajarişi belgilandi. Şartnomalar, bevosita yoki Respublika tovar, xom-aşyo birjasi orqali tuzilişi mumkin. Bunda, paxta tolasi yetiştiriş va uni yetkazib beriş örtasidagi muvozanatni saqlaş e'tiborga olinişi kerak, deb yozmoqda Norma.uz sayti. 

Paxta tolasini saqlaş va eksport qiliş, mahalliy korxonalarga yuboriş faqat paxta terminallari orqali amalga oşiriladi. Xorijiy xaridorlar, respublika korxonalari aynan öşa yerda paxta tolasining sifati hamda vaznini aniqlab, qabul qilib olişlari mumkin. 

Hujjatga köra: 
- Paxta tolasini sotiş va «Özpaxtaeksport» AJning «Özpaxtasanoat» AJ hududiy şaxobçalari bilan hisob-kitob qiliş tartibi töğrisidagi; 
- Paxta tolasini Özbekiston Respublikasi tovar, xom-aşyo birjasi savdolari orqali respublika korxonalari va eksportga sotiş tartibi töğrisidagi;
- Paxta tolasining vaznini aniqlaş va sertifikatlaş tartibi töğrisidagi qoidalar tasdiqlangan. 

Hujjatda şuningdek, «Özpaxtaeksport» AJning yangilangan terminallari röyxati tasdiqlangan.