Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev va Özbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov mamlakatlar örtasidagi mavjud muammolarni hal qilişga tayyor ekanliklarini bildirişdi. Bu haqida Qirğiziston prezidentining matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Abdulaziz Komilov juma kuni bölib ötadigan MDH davlatlari rahbarlari kengaşida iştirok etiş uçun Özbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida Bişkekka taşrif buyurdi. Komilov Qirğiziston prezidenti bilan keçgan uçraşuvda Özbekistonning qirğiz-özbek munosabatlarini özaro hurmat va qöşniçilik an'analariga tayangan holda ijobiy notalarda boşlaşga tayyor ekanini bildirdi. 

"Qirğiziston va Özbekiston munosabatlarini faollaştirişda tomonlarning manfaatdorligi va mamlakatlar örtasidagi muammolarni konstruktiv muloqot yöli orqali hal qilişga jiddiy siyosiy yondaşuv mavjudligi tasdiqlandi", - deyiladi xabarda.

Şuningdek TIV rahbari Abdulaziz Komilov Atambayevga Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini yetkazdi.