Joriy mavsumda 16-bor qayd etilayotgan kuçli töfonlardan biri bölmiş "Malakas" Yaponiyaga janubi-ğarbdan yaqinlaşmoqda. U özi bilan birga kuçli şamol va jala olib kelmoqda.

Yaponiya meteorologiya boş agentligi ma'lumotiga köra, töfon markazidagi bosim 930 gektopaskalni taşkil etadi. Bundan taşqari, markazdagi şamol tezligi sekundiga 70 metr tezlikda harakatlanadi.

Ayni damda "Malakas" şimoliy yönaliş böylab, soatiga 20 kilometr tezlikda harakatlanmoqda. Meteorologiyaning prognoz qilişiça, töfon mamlakatning Xonsyu oroliga 20 sentabr kuni yetib keladi.
Mutaxassislarning ogohlantirişiça, töfon vaqtida tölqin balandligi 10 metrga yetadi.