Efiopiyalik yengil atletikaçilar Gebre Mekuant Ainyu va Biru Mereset Mengistu Pekin xalqaro marafonida ğoliblikni qölga kiritişdi. Taşkiliy qömita ma'lumotlariga köra, mazkur yuguriş musobaqasida 30 mingga yaqin sportçi qatnaşgan. 

Erkaklar orasida birinçi bölib finiş çiziğini kesib ötgan. U 2 soat 11 daqiqa  soniyalik natija körsatgan. Mengistu esa 2 soat 25 daqiqa 56 soniya natija bilan ayollar orasida birinçi bölgan. Deyarli barça sovrinli örinlarni egallagan efioplarga KXDRning birgina vakilasi O Yun Ok raqobat uyğota olgan. U, ayollar orasida uçinçi örinni egalladi. 

42,195 kmlik marafon Pekinning qoq markazidagi Tyananmen maydonidan şaharning şimolidagi Olimpiya sport majmuasida yakunlangan. Yönaliş XXR poytaxtining tarixiy yodgorliklari va diqqatga sazovor joylaridan ötgan. Şuningdek, 10 kmga yuuguriş va yarimmarafon ham ötkaziş rejalaştirilgan. 

Pekin marafoni 181 yildan beri har yili ötkazib kelinadi. Yuguriş yölagi Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi talablariga javob beradi. Unda jahon rekordi örnatilişi mumkin. Erkaklar orasida efiopiyalik Tades Tola 2013 yilgi marafonda ğalaba qozonib, 2 soat 7 daqiqa 16 soniyada finişga yetib kelib, jahon rekordini örnatgan edi. Ayollar örtasidagi eng yuqori natija 4 karra marafon ğolibi xitoylik Sun Intszega tegişli. U, 2003 yili 2 soat 19 daqiqa 39 soniya natija körsatgan.