Likeit.uz sayti Qoraqalpoğistonning Nukus şahrida tavallud topgan va hozirda Facebook’ning Buyuk Britaniyadagi ofisida işlaydigan Aziz Murtazayev bilan uyuştirgan intervyusini taqdim etdi.

Bundan oldinroq, qozoğistonlik video-blogger Aziz Murtazayev haqida xabar berib ulgurgan va uşbu iqtidorli yigit keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda maşhur bölib ketgandi.

Quyidagi suhbatda Aziz Martazayev haqida yangi va batafsil ma'lumotlardan boxabar böliş mumkin.

Qaçondan beri Facebook’da işlaysiz?

— Facebook bilan eng birinçi kontakt 2014 yilning sentabrida bölgan va suhbatlar 2015 yilning fevraligaça davom etgan. Facebook’ning London ofisida 2015 yil, 14 sentabrda iş boşlaganman.

Facebook’ning qayerdagi ofisi yoki ofislarida, qaysi lavozim yoki lavozimlarda faoliyat olib borasiz, borgansiz?

— Hamma suhbatlardan muvaffaqiyatli ötib bölgandan keyin Kaliforniyadagi boş ofisiga (Menlo Park) işga taklif qilişdi. Facebook’ning Amerikadagi ofisida işlaş uçun iş vizasini (H1B) oliş talab qilinar edi. Bu viza turini oliş judayam qiyin, çunki qança odam topşirişidan qat'i nazar yiliga faqat 65 000 dona viza beriladi.

Men ham şunday viza olmoqçi bölgan yilda 233 000 kişi topşirgan va lotereya asosida 65 000 kişini tanlab olingan.

Men viza olganlar tarkibida bölmaganman, lekin yaxşi hamki, alternativ variant bor edi.

Facebook işga taklif qilganida, “Agar Amerikaga viza berilmasa, Facebook’ning Londondagi ofisida işlaşingiz mumkin böladi”, deb aytilgan edi. Şunday qilib, 2015 yilning sentabridan boşlab Londondagi ofisida işlay boşladim.

Facebook’ga Android operatsion tizimida işlaydigan dasturçi-muhandis bölib işga kirdim.

Eng qiziği Facebook’da muhandislar bir-birining lavozimlarini bilmaydi. Ya'ni sistemada boşqa işçining lavozimini biliş mumkin emas va işçi faqat öz lavozimini köra oladi.

Facebook’ning iş madaniyatiga köra, har xil lavozim — katta muhandis, kiçik muhandis kabilar xodimlar orasida muomalaga sun'iy tösiq yasaydi, deb hisoblanadi. 5 yillik iş tajribasi bor muhandis bilan universitetni endi tugatib, işga kirgan muhandislar bir xil imkoniyatlarga ega.