Yevrokomissiya "Makdonalds"dan 500 million dollarli soliqni oxirigaça tölaşni talab qilişi mumkin. Bu haqida Financial Times xabar berdi.
Hujjatlarga köra, 2009 yildan tarmoqning Yevropa bölimi Yevroittifoq byudjyetiga 1,8 milliard dollarlik daromadining 1,49 foizini tölab kelgan. Ma'lumotlarga köra, kompaniyaning ştab-kvartirasi joylaşgan Lyuksemburgdagi soliqlar tölovi daromadning 29,2 foizini taşkil qilişi kerak bölgan.
"Makdonalds" xodimlarining ma'lum qilişiça, kompaniya barça zarur soliqlarni tölab kelgan va davlat tomonidan heç qanday imtiyozlarga ega emas. 2011 yildan 2015 yilgaça kompaniya Yevroittifoqda taşkilot daromadining özidanoq 2,5 milliard dollar soliq tölaganligini ta'kidlagan.
Bundan avval sentabrda Yevrokomissiya Apple korporatsiyasiga ham ana şunday ayblov qöygandi - göyoki Irlandiya kompaniyaga asossiz soliq imtiyozlarini taqdim etgan. Tergov natijasida YeK fikriça, mamlakatga 13 milliard yevro kam soliq tölangan. Korporatsiya endilikda 2003-2014 yillar davomida tölanmagan soliqlarni qaytarişi kerak böladi. Amerika kompaniyasida bu talablarning asossiz ekanligi ta'kidlanmoqda.












