2016 yil 10 sentabr kuni Samarqand şahrining «Örikzor» mahallasida 131 sonli köpqavatli turarjoy binosi fasad qismining beton qismi qulab tuşgan. Bu haqda Samarqand viloyati STV telekanali xabar qilgan.

Buyuk ipak yöli köçasida joylaşgan va kapital ta'mirga muhtoj bölgan uyda 70 oila istiqomat qiladi. Ularning fikriça, uyning avariya holatiga yertölasida doimiy ravişda suv töplanişi sababdir. Şunga qaramay, mana bir neça ön yillardan beri uyda kapital ta'mirlaş ötkazilganini xotirlay olmasliklarini bildirişgan. 

Ularning aytişlariça, bir kun avval turli xil baland ovozlarni eşitgaç, qörqganlaridan köçaga çiqişgan. Bunday ovoz esa, bir neça marta eşitilgan. Aholi hozirda öz xonadonlariga kirişdan xavotirlanişmoqda. Garçi fuqarolar kerakli idoralarga xabar qilişgan bölişsa-da, bir neça oydirki muammo hal etilmagan. 

Xabarlarga köra, binoning bir neça tonnalik devori qulab tuşgan yölak bolalarning sevimli öyingohi bölgan. Yaxşiyamki, baxtli tasodif tufayli, öşa kuni binoning old tomonidagi yagona kiriş qismida heç kim bölmagan. Maqola tayyorlaniş çoğida telekanal vakillari turarjoy fuqarolari bilan boğlanişgan. Ularning aytişlariça, şirkat ta'mirlaş işlarini boşlab yuborgan, ammo kapital ta'mirlaş ötkazilmasligini bildirişgan.